Termiz davlat universitetida ko‘ngilochar-madaniy tadbir

Termiz davlat universitetining Milliy libos va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan tashkil etilgan musiqiy kecha barcha ishtirokchilarga unutilmas madaniy hordiq ulashdi.

E’tiborga molik jihati shundaki, hisobot konsertiga nafaqat universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar, balki ularning ota-onalari, ishchi-xodimlar hamda ustozlarning oila a’zolari ham taklif etildi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan universitet rektori bu kabi ko‘ngilochar-ma’naviy tadbirlarning yosh avlod tarbiyasidagi, jamoa birligini mustahkamlashdagi o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib, bunday tashabbuslarning davomiy bo‘lishini alohida ta’kidladi.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil