Atoqli olim Nazar To‘rayev nomidagi uy muzeyi tashkil etildi

Denov tumanida taniqli fizik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a’zosi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni sohibi, akademik Nazar To‘rayev xotirasiga bag‘ishlab uy muzeyi tashkil etildi.

Ochilish marosimida viloyat va tuman hokimligi, oliy ta’lim va madaniyat sohasi vakillari, olimning shogirdlari, pedagoglar hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

Akademik Nazar To‘rayev 1938-yilda Denov tumanida tug‘ilgan. U 60 yillik ilmiy faoliyati davomida ko‘plab nufuzli ilmiy va rahbarlik lavozimlarida samarali mehnat qilgan. Jumladan, Termiz davlat universiteti rektori, Fanlar akademiyasi huzuridagi “FANUM” ilmiy-o‘quv markazi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1990–1995-yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputati sifatida ishlagan.

Uy muzeyining tashkil etilishi – yosh avlodda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish, milliy g‘urur va qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil