Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Turkiya Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro tadbirlarda ishtirok etishdi

Yaqinda Turkiya Respublikasida bo‘lib o‘tgan qator nufuzli xalqaro tadbirlarda Termiz davlat universitetining professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.

"Turk dunyosidagi ayollar: muvaffaqiyat tarixi" mavzusidagi xalqaro seminar davomida turk ayollarining ijtimoiy, siyosiy va ilmiy sohalardagi yutuqlari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va to‘plagan tajribalari yuzasidan fikr almashildi. Seminar doirasida universitetimiz vakillari ma’ruza bilan qatnashib, turk dunyosida ayollarning ta’lim va ilm-fandagi rolini yanada mustahkamlashga oid taklif va tavsiyalarini bildirdilar.

Shuningdek, Al Farobiy nomidagi 14-Xalqaro ilmiy tadqiqot va innovatsiya kongressida dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etib, zamonaviy ilmiy yo‘nalishlardagi izlanishlar, innovatsion loyihalar va yangiliklar bilan o‘rtoqlashdilar.

Mazkur xalqaro tadbirlardagi ishtirok universitetimiz xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish, ilmiy aloqalarni mustahkamlash va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil