Ayni damda Termiz davlat universitetining Axborot texnologiyalari fakultetida umumta’lim maktablari bitiruvchilari o‘rtasida Biologiya, Kimyo, Fizika hamda Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Termiz davlat universiteti olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda. Universitet mas’ullari tomonidan tanlovning odilona va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha zarur sharoitlar ta’minlangan.
Ma’lumot o‘rnida tanlovning tuman va shahar bosqichlarida jami 3000 nafarga yaqin umumta’lim maktablar bitiruvchilari qamrab olindi. Shulardan 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan 181 nafar o‘quvchi esa ayni damdagi viloyat saralash bosqichida ishtirok etishmoqda.
Har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan bitiruvchilar muddatidan oldin TerDUning talabasi bo‘lish sharafiga ega bo‘lishadi.
Olimpiada ishtirokchilariga omad tilaymiz.