Xabaringiz bor haftaning har Juma kuni viloyat prokuraturasi hamda vohadagi OTMlar o‘rtasida tuzilgan "Qo‘shma reja" asosida viloyat prokuraturasi xodimlari universitetlarda bo‘lishib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5.03.2025-yil Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan talabalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash, korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini shakllantirish va ularni halollik vaksinasi singdirish maqsadida targ‘ibot tadbirini o‘tkazishdi.
TerDUda bo‘lgan mas’ullar talabalar ham jamiyatning faol a’zolari sifatida korrupsiya illatiga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lib, o‘z bilimi va tashabbuskorligi bilan davlatimizning porloq, adolatli kelajagini yaratishga hissa qo‘shmog‘i lozimligini qayd etishdi.
Shu o‘rinda bir eslatma!
Hurmatli talabalar agarda siz universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga duch kelsangiz oliygohning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining 76-221-7710 raqamli Ishonch telefoniga, yoki bo‘limning Korrupsion holatlar bo‘yicha murojaat boti: https://t.me/TerDUantiCorruption_bot elektron platformasi hamda 91-575-2001, 93-799-0101, 98-775-7758 uyali aloqa telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.