TerDUda qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi

Unda Milliy gvardiyaning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi, Termiz davlat universitetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi, Axborot texnologiyalari hamda Fizika-matematika fakultetlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari va talaba-qizlar ishtirok etdilar.

Tadbirda qizlar o‘rtasida uchrab turadigan huquqbuzarlik turlari, ularning salbiy oqibatlari, shuningdek, qonunbuzarlikka qarshi kurashishning huquqiy va axloqiy asoslari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Milliy gvardiya vakillari amaliy misollar va hayotiy voqealar asosida qizlarni huquqiy jihatdan bilimli, faol va mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdilar.

Davra suhbati ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, huquqiy masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil