Ushbu tanlov yoshlarning korrupsiya illatiga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish, ularda halollik, vijdon va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Tanlovda universitetning barcha fakultetlaridan iqtidorli, faol va zukko talabalar ishtirok etib, o‘z qarashlarini insho orqali bayon etdilar.
TerDU talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan insholar tanlovida quyidagi talabalarimiz sovrindorlar qatoridan joy oldilar:
1-o‘rin: Achilova Mohinur (Xorijiy filologiya fakulteti, 1-bosqich talabasi);
2-o‘rin: Bekmurodova Xurshida (Iqtisodiyot fakulteti, 3-bosqich talabasi);
3-o‘rin: Ko‘charova Munira (Kimyo fakulteti, kechki ta’lim yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi).