Muntazamlik kasb etgan bellashuvlar!

TerDUda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sport turlariga jalb etgan holda jismoniy va aqliy rivojlanishini ta’minlash hamda turli musobaqalar orqali munosiblarini rag‘batlantirib borish maqsadida fakultetlar kesimida “Dekan kubogi” bellashuvlarini tashkil etish muntazamlik kasb etgan.

Ayni kunlarda ham fakultetlarda qizg‘in musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda. Masalan:

O‘zbek filologiyasi,

Xorijiy filologiya,

Kimyo fakultetlari talabalari “Dekan kubogi” bellashuvlari asnosida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘z jismoniy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Yuridik fakulteti talabalari esa futbol maydonida kubok g‘olibini aniqlashdi.

Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari esa quvnoq startlari musobaqasi orqali chaqqon va epchilliklarini namoyon etishdi.

Tabiiy fanlar fakulteti talabalari “Dekan kubogi” musobaqasi asnosida birvarakayiga sportning stol tennisi, shaxmat, futbol va voleybol turlari bo‘yicha musobaqalarga kirishishdi.

E’tiborli tomoni g‘oliblar mas’ul va tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil