Termiz davlat universitetida kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Respublika va viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, Termiz davlat universiteti rahbariyati hamda fakultet, kafedra va bo‘limlardan saylangan delegatlar ishtirok etdilar.
Konferensiya kun tartibiga muvofiq, dastlab universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining 2020–2025 yillar davomida amalga oshirilgan faoliyati bo‘yicha hisoboti tinglandi. Shuningdek, konferensiya doirasida kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari, taftish komissiyasi a’zolari va uning raisi ochiq ovoz berish tartibida saylab olindi.
Kasaba uyushmasi raisi esa, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan Nizom talablari asosida, muqobillik tamoyiliga rioya qilingan holda, yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylandi.
Saylov natijalariga ko‘ra, Termiz davlat universiteti kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga Nishonov Samat Nishonovich qayta saylandi.