"O‘zbekiston – kitobxonlar yurti" shiori ostida o‘tkazilgan V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" o‘z nihoyasiga yetdi.
.jpg)
Mazkur haftalik doirasida ko‘plab adabiy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda Termiz Davlat Universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, tashkilotchilar tomonidan yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘ldilar. Jumladan, talabamiz Ahadova Farida Surxondaryo viloyati Tojik milliy-madaniy markazi tomonidan Birinchi darajali sertifikat bilan taqdirlandi.
.jpg)
Talabamizni erishgan yuksak natijasi bilan muborakbod etamiz va unga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar tilaymiz.