Joriy yilning 25–30 aprel kunlari Navoiy shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Kubogi ayollar kurashi sport musobaqasida U-20 yosh toifasida yunon-rum va erkin kurash sport turlari bo‘yicha 76 kg vazn toifasida Termiz davlat universiteti talabasi To‘rayeva Saodat faxrli birinchi o‘rinni egallab, oltin medal sohibiga aylandi.

To‘rayeva Saodatni yuksak natijasi bilan samimiy muborakbod etamiz va unga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilab qolamiz!