Buyuk ajdodlar yurti — Samarqandning betakror maskanlariga uyushtirilgan sayohat davomida TerDU talabalari bebaho madaniy merosimiz, nodir me’moriy inshootlarning sirli bezaklari bilan yaqindan tanishdilar. Har bir qadimiy g‘isht-u devorda, har bir zarhal naqshda ajdodlarimizning tafakkuri, san’ati va ulug‘ tariximiz aks etgani talabalar qalbida g‘urur va iftixor tuyg‘ularini jo‘sh urdirdi.
Mazkur tashrif ularning bilim va dunyoqarashini boyitib, tarixiy qadriyatlarimizni chuqur his etish, milliy o‘zlikni anglash borasida ulkan ruhiy zamin bo‘ldi.