Termiz davlat universiteti pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi o'qituvchisi Omonova Nilufar Omon qizi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi" ixtisosligidan «Kooperativ yondashuv asosida talabalarda affiliativ motivatsiyani rivojlantirishning pedagogik tizimi” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
.jpg)
Universitet jamoasi nomidan Omonova Nilufar Omon qizini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!