Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti talabalari yuksak natijalarga erishib, universitetimiz sha’nini munosib himoya qilishdi!

Quyidagi talabalarimiz musobaqada o‘z mahoratlarini namoyon etib, sovrinli o‘rinlarni egallashdi:
Jo‘raqulov Anvar – 4x100 metr estafeta bo‘yicha 2-o‘rin, 4x400 metr estafeta bo‘yicha 3-o‘rin.
Xushboqov Asliddin – 4x100 metr estafeta bo‘yicha 2-o‘rin.
Oltiboyev Islombek – 4x400 metr estafeta bo‘yicha 3-o‘rin.
Talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz! Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!