Xabaringiz bor, joriy yil boshidan buyon TerDU rektori huzurida har bir fakultet o‘zining istiqbolli rivojlanish strategiyasining taqdimotini o'tkazmoqda.
Prorektorlar va fakultet dekanlari, kun tartibidagi masalalarga daxldor mutasaddilar ishtirok etgan navbatdagi yig‘ilishda fizika-matematika, axborot texnologiyalari fakultetlarining rivojlanish strategiyasi loyihalari taqdim qilindi.
Unda ilmiy salohiyatni oshirish, ta’lim yo’nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish, investitsiya jalb qilish va ta’lim eksportini amalga oshirish kabi masalalar bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalar muhokama etildi. Shuningdek, universitetni jahonning nufuzli TOP 1000 reytingiga kiritish bo‘yicha amaliy vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.
Ishlab chiqiladigan har bir strategiyada viloyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan vazifalar ham kiritilishi lozimligi rektorimiz tomonidan ta’kidlandi.