Taniqli o‘zbek shoiri, xalq dardi va orzusini o‘zning betakror ijodida teran ifodalagan Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan universitetning Axborot-resurs markazida adabiy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbek filologiyasi fakultetining talabalari, professor-o‘qituvchilari hamda yosh kitobxonlar faol ishtirok etdi.
.jpg)
Tadbir davomida talabalar tomonidan Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ta’sirchan chiqishlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shoirning xalq qalbidan o‘rin olgan asarlari, ulardagi Vatan, muhabbat, insoniylik kabi yuksak g‘oyalar chuqur tahlil qilindi.
.jpg)
Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar va badiiy kitoblar bilan taqdirlanib, ularning adabiyotga bo‘lgan qiziqishi e’tirof etildi.
.jpg)