Universiada 2025

Qizg‘in musobaqa yakuniga yetdi

Xabaringiz bor Termiz davlat universiteti dzyudo bo‘yicha “Universiada-2025” respublika musobaqasining final bosqichiga mezbonlik qildi. Ushbu nufuzli musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan jami 200 nafarga yaqin sportchi talabalar ishtirok etdi.

O‘g‘il bolalar 7 ta, qizlar ham shuncha vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga chiqib, o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazishdi.

Qizg‘in bahslar yakunida umumjamoa hisobida:

1-o‘rin: Buxoro viloyati

2-o‘rin: Surxondaryo viloyati

3-o‘rin: Toshkent viloyati

E’tiborli tomoni vohamiz sharafini himoya qilib tatamiga tushgan sportchilarning 14 nafardan 13 nafari Termiz davlat universitetining talabalaridir

G‘olib va sovrindor talabalarimiz

I-o‘rin (Oltin medal):

Boynazarov Xasan — 60 kg

Qodirov Arslon — 81 kg

Jangriyev Shermuhammad — +100 kg

Qizlar bahslarida

II-o‘rin (Kumush medal):

Nazarova Shohista — 70 kg

III-o‘rin (Bronza medal):

Shomirzayev Jasur — 66 kg

Ahmedov Javohir — 73 kg

Jo‘rayev Abdulaziz — 90 kg

G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu musobaqa nafaqat kuchli sportchilarni saralash, balki talabalar o‘rtasida do‘stlik va ahillikni mustahkamlashga ham xizmat qilganligi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil