Xabaringiz bor, joriy yilning 18-aprel kuni Prezidentimiz raisligida global iqtisodiy silkinishlarning mamlakatimiz tarmoqlari va sohalariga ta’sirini yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida viloyat hokimligining ko‘rsatmasiga binoan vohadagi OTM professor-o‘qituvchilari va olimlaridan iborat ishchi guruhi shakllantirilib, viloyatdagi mavjud resurslardan samarali foydalanish holati o‘rganildi. Ulug‘bek Qosimov boshchiligida tashkil etilgan ochiq muloqotda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan intellektual salohiyatli yoshlar, tajribali mutaxassislar va mehnat faxriylari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Samarali muloqot yakunida viloyat taraqqiyoti uchun ustuvor bo‘lgan beshta yo‘nalish belgilab olindi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, sanoat, ishlab chiqarish, geologiya, turizm, tadbirkorlik kabi yo‘nalishlarda ilm-fan va amaliyotda tajriba to‘plagan olimlar, mutaxassislar hamda intellektual yoshlarni jalb etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.