TerDU talabalari tomonidan “Ethno Style – etnik va zamonaviy uslub uyg‘unligi” nomli milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda Milliy libos va san'at fakultetining Dizayn: milliy kostyum ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talabalari o'zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi.
Ko‘rgazmada milliy urf-odatlarimizni zamonaviy moda bilan uyg‘unlashtirgan liboslar namoyish etildi. Tadbir doirasida tomoshabinlarga badiiy dastur asosida tayyorlangan, bir-birini to‘ldirib boruvchi chiqishlar namoyish qilindi va ular yig‘ilganlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.