O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Yuridik fanlari doktori, professor, akademik Akmal Xolmatovich Saidov talaba yoshlar bilan yuzma-yuz uchrashib, ularga huquqshunoslik sohasidagi zamonaviy ilmiy qarashlar va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv doirasida akademikning “Konstitutsiyaviy huquq” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlari doktori, professor Turg‘unov Murod Tursunboyevich ham ishtirok etdi. Mehmonlar yuridik fakulteti qoshida tashkil etilgan "Yoshlar markazi" faoliyati bilan ham tanishishdi.