O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 4-martdagi “Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining fan yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlari bilan integratsiyasini ta’minlash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosi doirasida Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetiga biriktirilgan Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Angor tumani ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari uchun fakultet binosida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida maktab o‘quvchilariga fakultet faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, laboratoriyalar va kutubxonalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir davomida fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab “Ustoz-shogird” an’analari asosida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga ko‘maklashish rejalashtirilgani ta’kidlab o‘tildi.