Termiz davlat universiteti va DXX ChQ “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
“Harbiy-akademik litsey o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning milliy aspektlarini yaratish va zamonaviy ta’lim-tarbiya tendensiyalarini tatbiq etish” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Termiz shahridagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Tadbirda DXX Chegara qo‘shinlari, Termiz davlat universiteti, respublikamizning boshqa oliy ta’lim muassasalari hamda barcha “Temurbeklar maktablari” va “Jaloliddin Manguberdi” harbiy-akademik litseylaridan yetakchi olimlar, pedagoglar va harbiy mutaxassislar ishtirok etishdi.
4 ta sho‘ba doirasida o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, kreativ fikrlash va zamonaviy metodikalarni tatbiq etish bo‘yicha chuqur muhokamalar olib borildi.
Tadbir yakunida esdalik fotosuratlar ham olindi, ishtirokchilar iliq taassurotlar bilan konferensiyani yakunladilar.
Vatanparvarlik — bu jasoratli avlod tarbiyasining asosi!