"Rektor kubogi"

TerDUda tashkil etilgan "Talabalar festivali" tadbiri doirasida "Rektor kubogi" musobaqasi va turli tanlovlar g‘oliblari munosib rag‘batlantirildi

Joriy yilning 25-mart sanasidan boshlab "Rektor kubogi" musobaqalariga start berilganidan xabaringiz bor. Oʻtgan davr mobaynida sportning 5 ta turi bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlarda yaxshi natija ko‘rsatgan faxrli oʻrin sohiblari va jamoalar pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek "Zakovat", "QVZ", "Osh chempionati", "Kitobxonlik" tanlovlari hamda "Janub qalqonlari" harbiy sport musobaqasi g‘oliblari ham munosib taqdirlandi. Tadbirda ishtirok etgan rektorimizning ko‘rsatmasiga asosan rag‘batlantiruvchi pul mukofotlarining miqdori ikki barobarga oshirildi. Ta’kidladiki sportchi-yu intellektual bilim sohiblarining moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanishi ularning zimmasiga mas’uliyat yuklaydi, yurt taqdiriga nisbatan daxldorligini oshiradi. Ana shunday yoshlar esa davlatning eng katta boyligi.

Taqdirlash marosimi ko‘ngilochar konsert dasturiga ulanib ketdi. Bu kun ham talabalar hayotidagi esda qolarli sahifa bo‘lib qoldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 60

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil