“Milliy qadriyatlar” festivali – ajdodlar merosiga ehtirom bayrami

TerDUda bo‘lib o‘tgan “Milliy qadriyatlar” festivali yurtimizning boy tarixiy merosi, urf-odat va an’analarini keng omma va yosh avlod orasida targ‘ib etishga qaratilgan ezgu maqsadni o‘zida mujassam etdi.

Festival davomida milliy o‘yinlar, xalqimizning og‘zaki ijod namunalari, qadimiy kuy va ohanglar, bejirim tikilgan milliy liboslar, taomlar, o‘ziga xos udum va marosimlar keng namoyish etildi.

Bu tadbir nafaqat yoshlar qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi, balki asrlar silsilasida sayqallanib kelgan qadriyatlarimizning hayotiyligini, ularning bugun ham dolzarb ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Festival – bu milliylik bayrami, qadriyatlarimizga bo‘lgan sadoqat ifodasidir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 60

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil