Termiz davlat unversitetida yosh professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun “Ilmiy loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish” bo'yicha davomli seminar-trening mashg'ulotlari boshlandi.
Dastlabki seminar-trening universitet ilmiy-tadqiqot markazida tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, 30-aprelga qadar davom etayotgan “Akademik harakatchanlik” dasturi tanloviga tadqiqotchilarning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnomalar berildi.
Mazkur dastur orqali yosh olimlar ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalarining noyob ilmiy obyektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan tekin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.