TerDU rektori universitet kampusida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

TerDU rektori A.Toshqulov universitet hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlari bilan samimiy va konstruktiv muloqot olib bordi. Uchrashuv davomida rektor tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ilg‘or taklif va tashabbuslarini hayotga tatbiq etishga universitet doimo tayyor ekanini alohida ta’kidladi.

Suhbat chog‘ida universitet hududida o‘quv kurslari va ishlab chiqarish nuqtalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Bu esa nafaqat iqtisodiy faollikni oshiradi, balki talabalarga ham real amaliyotdan saboq olish imkonini yaratadi.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib borayotgan sub’yektlarga zamonaviy, qulay va yaratuvchan muhit shakllantirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan ochiq va samimiy muloqotda bo‘lish, innovatsion yondashuvlarga intilish kabi muhim vazifalar yuklatildi.

Mazkur uchrashuv asnosida hududda faoliyat yuritayotgan 17 ta tadbirkorlik sub’yekti vakillarining taklif va fikrlari eshitildi, mavjud muammolar joyida hal etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU talabalari Ayritom EIZda amaliy mashg‘ulotlarda

  • 2026-02-09
  • 19

Ayritom Erkin Iqtisodiy Zonasida TerDU talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida

Batafsil

ALISHER NAVOIY — MA’NAVIYATIMIZNING MANGU TIMSOLI 

  • 2026-02-09
  • 30

Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universitetida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Batafsil

Termiz shahrida saylgoh ko‘chasi, Termiz tumanida oromgoh tashkil etish loyihalari bilan tanishildi

  • 2026-02-09
  • 19

Xabar berilganidek, Termiz shahri Jo‘yjangal mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalni rekonstruksiya qilish asosida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalarini o‘z ichiga olgan zamonaviy saylgoh tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Batafsil