TerDU rektori universitet ishchi xodimlari bilan uchrashdi

Termiz davlat universiteti rektori А.Toshqulov universitet kampusidagi xavfsizlik, ozodalik, tartib-intizom va obodonlashtirish ishlariga mas'ul xodimlari bilan uchrashuv oʼtkazdi.

А.Toshqulov :
“Universitet hududidagi sarishta saranjomlik va fayzda siz, mehnatkash xodimlarning katta hissasi bor. Buni eʼtirof etish men uchun ham maroqli”, — deya alohida taʼkidladi.

Samimiy muloqotlar chogʼida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oʼtqazilgan mevali va manzarali daraxt hamda gul koʼchatlarining suv taʼminoti boʼyicha zarur koʼrsatmalar berildi.

Shuningdek, universitet binolari va auditoriyalarining kundalik sanitar tozaligini taʼminlash, har hafta umumiy tozalash ishlarini amalga oshirish, talabalarda chiqindi saralash odobini shakllantirishga oid vazifalar belgilab berildi.

Yotoqxona binolarida elektr va gaz xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etilishini nazorat qilish yuzasidan ham koʼrsatmalar berildi.

Uchrashuv davomida xoʼjalik boʼlimi xodimlarining takliflari eshitildi. Rektor masʼullarga ishchi xodimlarning sogʼlomlashtirish sanatoriyalarda hordiq chiqarishi va salomatligini tiklashi uchun yoʼllanmalar sonini keskin oshirish vazifasini yukladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 60

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil