Termiz shahridagi “Alpomish” arenasida “Universiada – 2025” sport musobaqasining yengil atletika yo‘nalishi bo‘yicha viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
.jpg)
Termiz davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti talabalari esa bu musobaqada o‘z mahorati, jasorati va yuksak tayyorgarligi bilan munosib ishtirok etdi. Ular nafaqat faxrli o‘rinlarni egallashdi, balki Respublika bosqichiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritishdi.

G‘olib va sovrindorlarimiz:
Eshqulova Sevara – 100m: 1-o‘rin, 200m: 1-o‘rin
Jo‘raqulova Oyzira – 1500m: 1-o‘rin, 3000m: 1-o‘rin
Ro‘ziyeva Mohinabonu – 400m: 2-o‘rin
Primova Gulruhbegim – 400m: 3-o‘rin, 800m: 3-o‘rin
Norboyeva Sitora – 1500m: 3-o‘rin
Kurbanov Sherzod – Uzunlikka sakrash: 1-o‘rin, Uch hatlab sakrash: 1-o‘rin
Oltiboyev Islom – 200m: 1-o‘rin, 400m: 2-o‘rin
Xolliyev Soib – 400m: 2-o‘rin, 800m: 3-o‘rin
Jo‘raqulova Anvar – 100m: 3-o‘rin

Bu – nafaqat raqamlar va natijalar, bu – mehnat, iroda va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqning yorqin timsolidir!