TerDU o‘qituvchilari ichki turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 9-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida har oyning bir shanbasi yoki yakshanbasi “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni” sifatida belgilanishi e’lon qilindi. 

Mazkur ezgu tashabbusni Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari faol qo‘llab-quvvatlab,  shanba kuni Sherobod tumanidagi Imom Abu Iso At-Termiziy hamda Termiz shahridagi Al-Hakim At-Termiziy maqbaralariga tashrif buyurishdi. 

Ushbu tashrif ichki turizmni rivojlantirish, tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishish, shuningdek, milliy o‘zlikni anglash va yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Sayohat davomida ishtirokchilar muqaddas ziyoratgohlarning tarixiy ahamiyati bilan tanishib, ajdodlarimizning boy merosini chuqur his etdilar. Bunday tashriflar mehnat jamoasida sog‘lom muhitni shakllantirish, jamoaviylik va hamjihatlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Termiz davlat universiteti jamoasi bundan keyin ham ushbu tashabbus doirasida turli madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi sayohatlarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 60

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil