Termiz davlat universitetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash tashabbusi bilan “Shuhrat” medali sohibasi Toshpulatova Qizlarxon Eshboyevna bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ijodga qiziquvchi yoshlar faol ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida “Shuhrat” medali sohibasi o‘zining faoliyati, hayot yo‘li, duch kelgan qiyinchiliklari va erishgan yutuqlari haqida so‘z yuritib, yoshlarga o‘z orzulari sari intilish, sabr-toqat va izlanishning ahamiyati haqida qimmatli tavsiyalar berdi.
Tadbir davomida talabalar “Shuhrat” medali sohibasi bilan savol-javoblar bilan qilishdi. Muloqotlarda ta'kidlanganidek bu uchrashuv barcha ishtirokchilar uchun manfaatli bo'ldi.