2024-2025 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan bakalavriat bosqichi talabalari va "Eng faol yil talabasi-2024" ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi sovrindorlari munosib tarzda rag‘batlantirildi.
Unda ishtirok etgan rektorimiz har sohada universitet hayotida ro‘y berayotgan yangilanish va muvaffaqiyatlarga to‘xtalib, bu natijalarda jamoaning professor-o‘qituvchilarning ezgu maqsad sari birlashgani katta ahamiyat kasb etayotganligini ta’kidladilar.
Ma’lumot o‘rnida 2024-2025 o‘quv yilida 13 nafar talabalarimiz Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lishdi. A.Toshqulovning buyrug‘iga ko‘ra talabalarimizning ilmiy rahbarlari ham bir martalik pul mablag‘i bilan rag‘batlantiriladigan bo‘ldi.