Termiz davlat universiteti maqsadli tayanch doktoranti Joʼraqulov Elyor Nurmamat oʻgʻli Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.2019.T.08.01 raqamli Ilmiy kengashda 05.06.02 – “To’qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligidan “Aylana ignadonli toʻquv mashinalarida ikki qatlamli trikotaj toʻqimalarini olish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Elyor Nurmamat oʻgʻlini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!