Termiz davlat universiteti talabalari va Prime Termez logistik kompaniyasi mutaxassislari o‘rtasida ishga taklif qilish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuv, talabalarning professional rivojlanishiga yordam berish, ularning amaliy ko‘nikmalarini oshirish va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tashkil etildi.
Prime Termez kompaniyasining malakali mutaxassislari, talabalar bilan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kompaniya faoliyati va ehtiyojlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.