"O‘zbekiston — Vatanim manim": millatlararo totuvlik va umummilliy birlik timsoli

Termiz davlat universiteti talabalari tashabbusi bilan viloyat markazidagi "San’at saroyi"da "O‘zbekiston — Vatanim manim" shiori ostida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbir yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashda muhim siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari nuroniylar vohadagi ilmiy doira vakillari viloyatimizda faoliyat yuritayotgan barcha milliy madaniy markazlar rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Rektorimiz A.Toshqulov davlatimiz rahbarining xalqaro maydonda ham turli millat va elatlarni ezgu maqsadlar sari birlashtirish borasidagi tashabbuslari-yu erishilayotgan olamshumul voqeliklar xususida to‘xtalib, yurtimizda yashayotgan 130 ga yaqin turli millat vakillarini bir maqsad sari jipslashtirishda bu tadbirning ahamiyatini ta’kidladi.

Badiiy dastur davomida 30 ga yaqin millat va elatlarning milliy kuy-qo‘shiqlari va raqslari ijro etildi. Bu tom ma’noda O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va ahillik, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, madaniy merosga ehtirom ruhidagi yuksak siyosiy ong va fuqarolik mas’uliyatining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 59

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 44

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 62

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil