Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi o'qituvchisi Sharipov Abdunazar Eshqobil o‘g‘li Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Botanika" ixtisosligidan «Surxondaryo viloyatida tarqalgan Tojik kovragi (Ferula tadshikorum Pimenov) tabiiy zaxirasi va biologiyasi” mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
.jpg)
Universitet jamoasi nomidan Abdunazar Eshqobil o‘g‘lini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!