Termiz davlat universitetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash tashabbusi bilan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 2003 yilgi mukofot sohibasi Shaymardonova Aziza hamda joriy yilgi mukofot sohibasi Abdusaidova Gulruxsorabegim va tanlovning respublika bosqich ishtirokchisi Xongeldiyeva Sevara ishtirok etdi.
Uchrashuvda tadbir mehmonlari ijodiy faoliyati, hayot yo‘li va yutuqlari haqida samimiy suhbatlashdilar. Yoshlarga orzu sari intilish, sabr va izlanish haqida qimmatli maslahatlar berishdi.
Tadbir qiziqarli savol-javoblar va samimiy muloqotlarga boy bo‘ldi.