Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchi va talabalari shahrimizdagi harbiy qismlarning birida bo‘lib buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etishdi.
Professor-o‘qituvchilar harbiy xizmatchilarga "Amir Temur Buyuk Sohibqiron va Davlat arbobi", "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Temur Tuzuklarining o‘rni" mavzularida ma’ruza qilishdi.
Talabalarimiz esa Amir Temur siymosi gavdalantirilgan sahna ko‘rinishlari orqali tadbirning ahamiyatini ta’sirchan yetkazishdi.