Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi katta o'qituvchisi Mardanova Gavhar Dobilovna Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 03.00.06 - «Zoologiya» ixtisosligidan «Surxondaryo viloyatida qon so‘ruvchi chivinlar (Culicidae: Anopheles ) faunasi va ekologiyasining zamonaviy holati” mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
.jpg)
Universitet jamoasi nomidan Gavhar Dobilovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!