1559-yilda tashkil topgan Jeneva xalqaro munosabatlar va taraqqiyot institutida 19 000 nafar talaba tahsil olsa shundan 45% xalqaro talabalar.
Institut ilm-fan, huquqshunoslik, xalqaro munosabatlar va tibbiyot sohalarida yetakchi hisoblanadi. Jeneva BMTning Yevropa shtabi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO), Qizil Xoch va boshqa xalqaro tashkilotlar joylashgan shahar. Shu sababli, UNIGE talabalari xalqaro munosabatlar va siyosat sohasida noyob imkoniyatlarga ega.
QS World University Rankings: 100-120 o‘rinlar atrofida Times Higher Education (THE) reytingi: Yevropa va jahonning kuchli 150 universitetlari qatorida Mazkur institut mas’ullarining taklifiga asosan TerDU rektori A.Toshqulovga kampusdagi sharoit va o‘quv jarayonlari tanishtirildi. Jarayonda tomonlarning manfaatli hamkorlik aloqalari bo‘yicha taklif va rejalari muhokama etildi.
A.Toshqulov, shuningdek, Lozanna universiteti mas’ullari bilan ham uchrashib, hamkorlikda arxeologik izlanishlar olib borishloyihalarni, TerDUdagi yo‘nalishlarni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish, xalqaro reytingga kiritishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib bordi.