Taʼlim Turizm

TerDU delegatsiyasi a’zolari Shveysariyada ham “O‘zbekiston: bebaho madaniy meros” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etishdi.

Ma’lumki, joriy yilda YUNЕSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil etish va targ‘ib qilish ishlariga respublikamizdagi qator oliy ta’lim muassasalari ham jalb etilgan.

Shunga asosan, TerDU rektori A.Toshqulov boshchiligidagi delegatsiya Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan Jeneva xalqaro munosabatlar va taraqqiyot instituti (Geneva Graduate Institute) hamda Lozanna universiteti professor-o‘qituvchilariga yurtimizning o‘ziga xos jihatlarini videoroliklar hamda ko‘rgazmalar orqali targ‘ib qilishdi.

"O'zbekistonning boy tarixi, Samarqand afsonalari haqida tarixiy manbalarga duch kelganman. Ushbu tashrifingizdan keyin albatta sizning yurtingizga borishni reja qildim", - deydi mezbon oliygoh professori David Rodogno.

Ma‘lumot o‘rnida, ma’naviy-ma’rifiy tadbir mazkur ta’lim dargohidan tashqari O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahrida joylashgan BMT vakolatxonasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasida ham tashkil etildi.

Taomilga ko‘ra, tadbir ishtirokchilariga milliy qadriyatlarimiz namunalari sovg‘a qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 60

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 45

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 62

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil