Xalqaro hamkorlik

Termiz davlat universiteti (TerDU) delegatsiyasi Chexiyaning nufuzli Karlov universitetiga tashrifi doirasida ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan muhim muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida ta’kidlanganidek, TerDU va Karlov universitetining professor-o‘qituvchilari so‘nggi 22 yil davomida ilmiy hamkorlik olib borib, arxeologik tadqiqotlar yo‘nalishida samarali natijalarga erishib kelmoqda.

Muloqot davomida Karlov universiteti rahbariyati TerDU bilan ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Universitet rektori uzoq yillik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini kengaytirishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Tashrif yakunida TerDU rektori A. Toshqulov va Karlov universiteti rahbariyati o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda universitetimizni TOP-1000 reytingiga kiritishga ko‘maklashish bo‘yicha rasmiy kelishuv hujjati imzolandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 60

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 45

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 62

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil