Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi dotsenti Qodirova Aziza Bekmurod qizi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 19.00.01 – "Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi" ixtisosligidan "Termiziy allomalar asarlarida yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid qarashlarning psixologik asoslari” mavzusidagi psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Aziza Bekmurod qizini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz