O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini Samarqand shahrida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida Termiz davlat universiteti delegatsiyasi Chexiya davlatining Karlov universitetiga tashrif buyurdi.
Chexiyaning ilmiy doira vakillari mazkur universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan tadbirda yurtimizning betakror qadimiy merosi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda universitet hamkorligida ishlab chiqilgan dastur asosida tarannum etildi.