“Akademik harakatchanlik” dasturining 2025-yilgi g‘olib yosh olimlari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1-fevralidan 28-fevraliga qadar “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi o‘tkazildi. Unga yosh olimlar tomonidan 125 ta loyiha topshirildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 16 nafar yosh olimning loyihasi g‘olib deb topildi. Ular bilan quyida keltirilgan ro‘yxat orqali tanishishingiz mumkin.

Quvonarlisi ushbu tanlovda Termiz davlat universiteti kimyo fakultetining 5-nafar tayanch doktoranti ham g‘olib deb topildi.

1. Loyiha rahbari: Rasulova Safarmoh

Loyiha nomi: Ba’zi biometallarning fiziologik faol ligandlar bilan kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalaridagi sinergiya hodisasi

Loyiha mablag‘i: 70 670 900 so‘m

2. Loyiha rahbari: Xushboqov Abduvali

Loyiha nomi: Neftni qayta ishlash korxonasi oqova suvlarini tozalash uchun samarali adsorbsion-katalitik nanotizimlarining olinishi

Loyiha mablag‘i: 70 060 000 so‘m

3. Loyiha rahbari: Karimova Naima

Loyiha nomi: Mahalliy xomashyolardan tereftal kislota olish va tereftal kislota asosida aminobenzoy kislota sintezi

Loyiha mablag‘i: 62 800 000 so‘m

4. Loyiha rahbari: Samariddinov Jasur

Loyiha nomi: Mahalliy xomashyolar asosida samarador qurilish gidrogellari olish texnologiyasini ishlab chiqish

Loyiha mablag‘i: 72 200 000 so‘m

5. Loyiha rahbari: Eshqurbonova Munisaxon

Loyiha nomi: Yangi samarali kompleks hosil qiluvchi ionitlar sintezi va uning tadqiqoti

Loyiha mablag‘i: 63 780 000 so‘m

Barcha doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlarini erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 60

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 45

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 62

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil