Moratoriy davrida byudjet va byudjetdan tashqari mablag'larning maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan ichki nazoratni kuchaytirish maqsadida universitet bosh auditori D.Rashidovaning 2024-yil yakuni, 2025-yil yanvar va fevral oylari yakuni bo'yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan taqdimoti rektor huzurida mas'ullar ishtirokida tanqidiy muhokama qilindi.
Moliyaviy xato va kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik maqsadida ularning oldini olish va bartaraf etish choralari ko'rildi. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakunida vazirlikka axborot kiritib borish vazifasi yuklatildi.