Unda rektorimiz A.Toshqulov prorektorlar, bo‘lim va markazlar rahbarlari, mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda universitet faoliyatining turli yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Jarayonda mas'ullarning xalqaro hamkorlik aloqalari Chexiya va Xitoyga rejalashtirilayotgan safarlarga tayyorgarlik, xorijiy safarlar doirasida imzolangan memorandumlarning ijrosi hamda xalqaro akkreditatsiya va reyting jarayonlari yuzasidan axborotlar tinglandi.
Shuningdek “Kelajakka qadam” markazi faoliyati, texnikum va maktablar bilan hamkorlik aloqalari, hamda metodik yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
“Rektor kubogi” sport musobaqalarining borishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Ilmiy faoliyat bo‘yicha doktorantlar monitoringi, davlat grantlarida fakultetlar ishtirokini kengaytirish, universitet jurnallarining nashr faoliyatini faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yigʻilishda shuningdek mas’ullarning tijoratlashtirish boʻyicha hisoboti tinglandi va vazifalari belgilab berildi
Yakunda rektor tomonidan barcha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Ularning ijrosi bo‘yicha muddat va mas'ul shaxslar belgilandi.