TerDU Kimyo fakultetida ham "Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z" shiori ostida bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Sayil tarzida tashkil etilgan tadbirda talaba-yigitlarimiz sport musobaqalari orqali o'z mahoratlarini yana bir bor sinovdan o'tkazishdi. Ta'kidlanganidek sport bellashuvlari "Rektor kubogi" musobaqalarida yaxshi natijalarni qayd etish uchun yana bir imkoniyat.
Sumalak pishirish jarayonida esa ustozlar talaba-qizlarga qadimiy taomning tayyorlanish sir-asrorlarini o‘rgatishdi. Kechga borib, universitetimiz rektori va professor-o‘qituvchilar fayzli dasturxon atrofida jam bo'lishib, ezgu tilaklar bildirishdi. Bayram barchaga iliq xotiralar qoldirdi.