Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” vakillari tomonidan “Ixtiro va foydali modelga patent olish uchun talabnoma rasmiylashtirish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi direktori, texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati rahbari, universitet prorektori A.Shaydullayev hamda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistrantlar ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, Termiz davlat universiteti olimlari tomonidan 2024-yilda ixtiro, foydali model, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari uchun olingan patentlar soni 13 tani, axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron ma’lumotlar bazalari uchun olingan mualliflik guvohnomalari soni 385 tani tashkil etadi.