Bugun Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov universitet kampusini aylanib, bu yerda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Qurilish obyektlaridagi ish jarayonini sinchiklab o‘rgangan rektor mas’ul rahbarlarga belgilangan muddatlarda sifatli va xavfsiz tarzda ishlar yakuniga yetkazilishini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Shu bilan birga, kampusda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. Rektorimiz har bir ekilayotgan ko‘chat talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun nafaqat soya-salqin maskan yaratishga xizmat qiladi, balki ekologiyani yaxshilashda xam muhim omil ekanini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, rektor o‘quv auditoriyalarida bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan qiziqdi. Ustozlar va talabalar bilan samimiy suhbat qildi. Ularga Navro‘z bayrami munosabati bilan tilaklar bildirib, bahordan ilhom olib, ta’lim-tarbiya jarayonida yanada yuqori natijalarga erishish lozimligini ta’kidladi.