Termiz davlat universitetida Talabalar kengashining navbatdagi yig‘ilishi psixotrop moddalar va ularning salbiy ta’sirining oldini olish masalasiga bag‘ishlandi.
.jpg)
Yig‘ilishida psixotrop moddalarning inson salomatligi va jamiyat hayotidagi salbiy ta’siri muhokama qilindi.
Tadbir davomida ushbu muammoni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Xususan:
—Yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlarni kuchaytirish;
—Huquqiy va ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini tizimli yo‘lga qo‘yish,;
Psixotrop moddalarga qarshi kurashishda talabalar faolligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bundan tashqari talabalar kengashi tomonidan kelgusida ushbu masala bo‘yicha ma’rifiy seminarlar, huquqiy uchrashuvlar va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirildi.